• +998 (71) 200-07-76

  • info@cisuzbekistan.uz

  • O'zbekistan, Toshkent sh., 57-Bo'zaryq

Oʻzbekistondagi ilk bora IT va iqtisod boʻyicha xalqaro trilingual maktabi

Onlayn yozilish Qayta aloqa

Kembrij Xalqaro IT va iqtisodiyot maktabiga xush kelibsiz

Xalqaro o'quv dasturi

O'quv dasturlarimiz xalqaro standartlarga javob beradi shu bilan birga o'quvchilarimizni keng fikrolovchi, tafakkurini va bilimga chanqoqlikni oshiradi.

Ta'lim berish va bilim olish uslublari

Kembrij o'qituvchi va o'quvchi atributlari o'quvchilarimizda o'rganishga bo'lgan qiziqishni va o'qituvchilarimizda innovatsion yondashuvni ta'minlaydi.

Baholash

Yaxshi baholash tizimi yaxshi ta'limning asosidir. Bizda adolatli, asosli, ishonchli va amaliy baholash tizimi mavjud.

Хalqaro tan olinishi

Kembrij maktabi dasturining A-darajali diplomlari ko'plab dunyodagi universitetlar va ish beruvchilar tomonidan tan olinishiga amin bo'lishingiz mumkin.

Global hamjamiyat

Siz global hamjamiyatning bir qismiga bog'lanishga imkoniyatingiz bo'ladi: 160 ta mamlakatdagi 10 000 ta maktabda bir millionga yaqin o'quvchilar bilan birgalikda kelajakka tayyorlanishni boshlaysiz.

Ota-onalar va talabalar uchun ma'lumot

Kembrij xalqaro o'quv dasturi o'quvchilarga o'ziga ishongan, mas'uliyatli, o'ychan, innovatsion fikrlaydigan va o'qishga qiziquvchan bo'lishga yordam beradi. O'quvchilar kelajakda dunyoni yaxshi tomonga shakllantirishga qodir bo'lgan ertangi dunyo talablariga javob berishga tayyor bo'lishga o'rgatiladi.

Kembrij xalqaro maktabi dasturi haqida

Ta'limdagi o'quvchilarimizning muvaffaqiyati.

Talabalarimiz xalqaro imtihonlarda muntazam yuqori natijalar ko‘rsatmoqda. O'rtacha hisobda bizning ko'rsatkichlarimiz global o'rtacha ko'rsatkichdan 20% yuqori.

Yuqori tajribali o'qituvchilarimiz

O'qituvchilarni kasbiy rivojlanishida qo'llab-quvvatlash o'quvchilar uchun yaxshi natijalarga olib keladi. Maktabimizdagi kasbiy rivojlanish kurslari va reflektiv amaliyot orqali sifatli malaka oshirish o'qituvchimizlarning profesional hayotining muhim qismlaridan biridir.

Kitoblar

O'quv jarayonida Cambridge University Press, Oxford University Press, Collins va boshqa kabi rasmiy materiallardan foydalaniladi.

Biz haqimizda

Rasmiy "Kembrij xalqaro maktabi"

Ta’lim muassasamiz 2012-yilda tashkil etilgan. Bu davr ichida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdik. 5000 dan ortiq muvaffaqiyatli talabalar. Yetakchi xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Dastur va narxi haqida qisqacha ma'lumot

O'qish to'lov narxi Bir yil uchun $6000

Boshlang'ich sinflar

Kembrij boshlang'ich dasturi - o'quvchilarni qiziqarli ta'lim sayohatiga olib boradi. Odatda 7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bo'lib, ushbu dastur o'quvchilarning keyingi sinfga o'tishda mustahkam poydevor yaratadi.

Enroll now!

O'qish to'lov narxi Bir yil uchun $7000

O'rta quyi sinflar

Kembrij o'rta quyi sinfi odatda 11 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Ushbu dastur orqali o'quvchilarni ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlashga yordam beradigan dasturdir.

Onlayn yozilish!

O'qish to'lov narxi Bir yil uchun $8000

O'rta quyi sinflar

Kembrij yuqori o'rta sinfi odatda 14 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Ushba dastur o'quvchilarga Cambridge IGCSE (O'rta ta'limning xalqaro umumiy sertifikati) taqdim etadi.

Onlayn yozilish!

O'qish to'lov narxi Bir yil uchun $9000

Yuqori sinflar

Kembrij yuqori sinfi odatda 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan, xalqaro va davlat universitetlariga kirishda tayyorgarlik ko'rishda, fanlarni chuqur o'rganish hohishini bi'ldirgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan dasturdir. Bitiruvchilar uchun ham davlat namunasidagi attestat ham Cambridge A Level namunadagi attestatni taklif qiladi.

Onlayn yozilish!

Maktab hayoti

Odatiy kun

Soat 8:50 dan to 13:00 gacha

Beshta darsdan iborat bo'lib, 11:15 dagi tanaffusda 2-chi nonushta taqdim qilinadi.

Tushlik vaqti 13:00 dan 13:50 gacha

13.50 dan 15.25 gacha

Bolalar sport, san'at, musiqa va boshqa darslarda o'zlarining kuchli tomonlari va qiziqishlarini aniqlab beradigan xilma-xil kabi darslar o'tkaziladi.

Qo'mita

Talabalar qo'mitasi maktab o'quvchilari tomonidan saylanadi. U ko'plab ijtimoiy va ko'ngilochar tadbirlar va partiyalarni tashkil qilish, shuningdek, yangi o'quvchilarni integratsiyalashuviga ko'maklashadi. Maktab jamoasida bezorilik yo'qligini ta'minlash uchun javobgardir. Qo'mita, shuningdek, intizom kengashiga bo'lgan a'zo o'quvchilarni o'z ichiga oladi.

Klublar

Maktabimizdagi san'at va sport turlarini ko'plab tadbirlar to'ldiradi: madaniy va adabiy to'garaklar, bahs-munozara klublari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli va Yillik tayyorgarlik to'garaklari.

Kembrij o'quv dasturini qabul qiluvchi universitetlar